+998(95) 1422380
+998(97) 3432380
Nodavlat Ta'lim Muassasasi
100 FOIZLIK TA'LIM SIFATINI KAFOLATLOVCHI TA'LIM MUASSASASI

“ABDULAZIZ EDUCATION” chet tilini o’rganuvchilar uchun hamda abituriyentlarni oliy o’quv yurtlari kirish imtihonlariga tayyorlash maqsadida tashkil qilingan nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Respublikamizda ta’limga berilayotgan katta e’tibor bugungi kunda yaqqol sezilmoqda. Buning isboti sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  11.08.2017-yildagi 610-sonli “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorini keltirish mumkin. Unga ko’ra, O’zbekistonda B1 va undan yuqori malaka sertifikatiga ega bo’lganlar chet tili bo’yicha oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlari uchun o’tkaziladigan test sinovlarida chet tili (ingliz, fransuz, nemis) dan maksimal ball beriladi va chet tili fanidan test sinovidan ozod etiladi.

“Abdulaziz education” nodavlat ta’lim muassasasi ham ushbu qarordan so’ng chet tilini o’rganish istagida bo’lgan hamda qarorda ko’rsatilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish niyatidagi  yoshlarni o’quv markazimizda chet tillarini o’rgatish bo’yicha tashkil qilingan o’quv kurslariga taklif qiladi. Markazda chet til (ingliz,nemis,fransuz,rus) laridan mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchilarimiz yuqori malaka va bilim hamda tajribaga ega bo’lgan ustozlar jamoasidan iborat.

Bundan tashqari, o’quv markazida ijtimoiy (tarix,ona tili va adabiyot,ingliz tili) hamda tabiiy (biologiya,kimyo,ona tili va adabiyot) fanlardan abituriyentlar uchun maxsus 10 oylik chuqurlashtirilgan o’quv kurslari tashkil etilgan. Markaz tashkil qilinganiga ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsa ham, natijalar faxrlanishga arziydi. 2017-2018-o’quv yili kirish imtihonlarida bizning o’quvchilarimiz yuqori natijalarni qayd etishdi.
Markazda o’quvchilar hamda abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, darsdan bo’sh vaqtlarida kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.O’quv xonalari ta’limning eng zamonaviy texnika va jihozlari bilan ta’minlangan.

Abituriyentlar uchun  o’quv mashg’ulotlari respublikada hozircha yangilik bo’lgan maxsus dastur asosida olib boriladi. Bu esa, ta’lim olishning 100 foizlik sifat darajasini kafolatlaydi.Darslar har bir fan bo’yicha haftada 16 soatdan o’tiladi. Dars jarayoni qat’iy belgilangan jadval hamda kuchli nazorat ostida olib boriladi  (Demak, agar Siz ijtimoiy yo’nalish bo’yicha tahsil olsangiz, hafta davomida tarix fanidan 16 soat,ona tili va adabiyot fanidan 16 soat, ingliz tili fanidan 16 soat dars mashg’ulotlarida qatnashasiz! Yillik yuklama har bir fandan 672 soat,uchta fan bo’yicha 2016 soatni tashkil qiladi). Biz ta’lim sifati hamda o’qituvchilar bilim darajasi,dars o’tish uslubi va yuqori natija uchun 100 foiz kafolat beramiz!

Mashg’ulotlar 2017-yil 2-oktabrdan 2018-yil 28-iyulgacha davom etadi.

Qabul 20-avgustdan 30-sentabrgacha faqat ijtimoiy va tabiiy yo’nalishlarida olib boriladi.

Tel.: +998 (95) 1422380

Tel.: +998 (97) 3432380

Manzil: Farobiy ko'chasi 338-A uy

Mo'ljal: Beruniy metrosi
Nodavlat Ta'lim Muassasasi
+998(95) 1422380
+998(97) 3432380
Copyright (c) "ABDULAZIZ EDUCATION"
Yangiliklarimizga obuna bo'ling